RAMAZON HAYITI BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!

RAMAZON HAYITI BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN! 

Assalomu alaykum! Qadrli tumandoshlar! Aziz OQDARYOLIKLAR! 

Sizni va barcha oila a’zolaringizni katta shodiyona sifatida nishonlanayotgan mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi, islom olamidagi ulug‘ bayram, muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Bugun Yaratganning marhamati bilan xalqimiz tinchlik va farovonlikda hayot kechirmoqda. Mamlakatimiz, xususan, bizning tumanimizda ham yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘yilib, barcha sohalarda yangilanishlar ro‘y bermoqda.

Niyati pok, maqsadlari ulug‘ xalqning shu tabarruk kunlarda qilayotgan barcha ibodatlari, ezgu duolari ijobat bo‘lsin!

Muqaddas ayyom – Ramazon hayiti bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan
Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov

 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM