4-sektor hududidagi faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

4-sektor hududidagi faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov hamda 4-sektor rahbari tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Ozod Ilyosov ishtirokida 4-sektor shtabida Avazali, Temirak, Zarafshon, Uzunqishloq, Istiqlol, Uchtepa mahallalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan, belgilangan tartibda soliq statistika hisobotini bermagan, (bir nafar ishchi ko‘rsatib,hisobotni “nol” qilib bergan) tadbirkorlik subyektlari rahbarlari bilan muloqot olib borildi va faoliyatini qayta tiklamoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga bank krediti olishda ko‘maklashish belgilab olindi.

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM