Go‘zalkent mahallasida aholi tomorqalari holati o‘rganildi

Go‘zalkent mahallasida aholi tomorqalari holati o‘rganildi

Bugun tumanning har bir mahallasida katta kompleksda ishlar boshlangan. Shu maqsadda, Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov tuman mahallalar uyushmasi bo‘limi boshlig‘i Rustam Husanov hamda 1-sektor shtabi mas’ullari bilan birgalikda Go‘zalkent mahallasida uyma-uy yurib, mahallada tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish, tomorqadan unumli foydalanish holati bo‘yicha o‘rganish va targ‘ibot ishlarini olib bordi.
 
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, davlat idoralarining bor kuch-imkoniyatlari quyi tizimga yo‘naltirilgan. Kuich va imkoniyatlarni har bir ko‘cha, xonadonga olib kiramiz. Maqsadimiz xalqning daromadini oshirish, boy qilishdir.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM