Yosh oila quruvchilarga sertifikatlar topshirildi

Yosh oila quruvchilarga sertifikatlar topshirildi

Oilalar mustahkamligini ta’minlashda nikohlanuvchi yoshlar ongiga milliy qadriyatlar ruhini singdirish, ularni oilaviy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash kabi masalalar bo‘yicha bilimlarini oshirish muhim rol o‘ynaydi.  
Shu maqsadda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan FHDY bo‘limiga nikohdan o‘tish uchun ariza bergan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 52 nafar nikohlanuvchi juftliklar 16 soatlik “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” o‘quv kursida o‘qitildi.  
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 820-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan mazkur o‘quv mashg‘ulotidan so‘ng 52 nafar yosh oila quruvchi juftliklarga sertifikatlar topshirildi.

 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM