TOMORQA-DAROMAD MANBAI
Bugun tumanning har bir mahallasida katta kompleksda ishlar boshlangan. Shu maqsadda, tuman hokimining o‘rinbosari Ch.Ortiqova “Uzunqishloq” mahalla mas’ullari bilan birgalikda uyma-uy yurib, mahallada tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, davlat idoralarining bor kuch-imkoniyatlari quyi tizimga yo‘naltirilgan. Har bir ko‘cha, xonadonga olib kiramiz. Maqsadimiz xalqning daromadini oshirish, boy qilish.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati