Vazifalar ijrosini ta’minlash yo‘lida

Vazifalar ijrosini ta’minlash yo‘lida

Bugun Oqdaryo tuman prokurori A.Vaxabov hamda tuman IIB boshlig‘i A.Valiyevlar belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Uchrashuvda iste’molchilarga elektr energiyasini sifatli yetkazib berish, qarzdor iste’molchilarni tarmoqdan uzish, noqonuniy holatlarni aniqlash, qarzdorlikni undirish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyali uzilishlarni oldini olish borasida topshiriq va tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosari Umid Islamov Oqdaryotumangaz bo‘limi rahbar va xodumlari bilan uchrashib, yuqoridagi masalalar yuzasidan topshiriqlar berdi. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM