NAVBAHOR ANSAMBLI BARCHAGA MANZUR BO‘LDI

NAVBAHOR ANSAMBLI BARCHAGA MANZUR BO‘LDI

Ayni kunlarda yurtimizda bo‘lgani kabi, Oqdaryo tumanida ham Navro‘z bayrami shodiyonalari davom etmoqda. Bayram bayramga ulanib, bugun Respublika Davlat filarmoniyasi hamda "Navbahor" ashula va raqs ansamblining tashrifi oqdaryoliklarga bayram tuhfasi bo‘ldi.
Aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy xizmatlar ko‘rsatish darajasini oshirish, ijodiy jamoalarning respublika hududlari bo‘ylab gastrol safarlarini tizimli tashkil etish, madaniyat maskanlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, iste’dodli yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish maqsadida Oqdaryo tuman 14-son Bolalar musiqa va san'at maktabida tashkil etilgan konsert dasturida O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi hamda "Navbahor" ashula va raqs ansambli a’zolari bayramona dasturlari bilan tomoshabinlarga xushkayfiyat ulashishdi.

 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM