Jarayon

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari tomorqadan unumli foydalanish orqali aholi daromadini oshirish borasida muhim tavsiyalar berdi

Bugun Samarqand viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Feruz Abilov Kumushkent mahallasida tuman hokimi Sherzod Qudratov, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Elyor Ashurov hamda Kumushkent mahallasi faollari bilan uchrashib, mahallada tomorqa va uy xo‘jaligidan unumli foydalanish, “Bir mahalla, bir mahsulot” tamoyili asosida mahallani bir mahsulotga ixtisoslashtirish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuv davomida mahallada ertangi ekinga kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish, bo‘sh yerlarga serhosil va daromadi yuqori bo‘lgan daraxt ko‘chatlarini ekish hamda issiqxonalar tashkil etish, kreditlar ajratish, lider tadbirkorga biriktirish, o‘zibo‘larchilikka  yo‘l qo‘ymaslik, berilgan vazifalar ijrosini har bir xonadonda qat’iy amalga oshirish borasida mas’ullarga topshiriq va tavsiyalar berildi.
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM