Tomorqa madaniyati bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Tomorqa madaniyati bo‘yicha seminar o‘tkazildi 

Bugun Oqdaryo tumani Po‘latdarxon mahallasi Jo‘raboy qishlog‘ida tuman hokimi Sherzod Qudratov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nosir Mavlonov, tuman mahallalar uyushmasi bo‘limi boshlig‘i Rustam Husanov hamda qishloq xo‘jaligi soha xodimlari va mahalla faollari ishtirokida tomorqachilikni rivojlantirish, tomorqadan unumli foydalanib, daromad manbaiga aylantirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Seminar davomida mahallaning Jo‘raboy qishlog‘ida aholi tomorqalarida tashkil etilgan issiqxonalar ko‘zdan kechirilib, "Bir mahalla — bir mahsulot" tamoyili asosida ish olib borish, aholi tomorqalarida issiqxona yo‘nalishini ko‘paytirish, o‘zini o‘zi band qilish, ishsizlikni kamaytirish, tomorqadan unumli foydalanib, daromad manbaiga aylantirish borasida mas’ullarga muhim tavsiyalar berildi. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati 
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM