#bugun #hashar_jarayoni

#bugun 
#hashar_jarayoni 

Bugun yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida olib borilayotgan umumxalq xayriya hashari Oqdaryo tumanining Yangiqishloq mahallasida ham uyushqoqlik bilan tashkil etildi. 
Mahallaning Movlum qishlog‘ida tuman hokimligi tashkilotchiligida uyushtirilgan hashar davomida maxsus texnikalar jalb etilib, tuproq ko‘chalar shag‘allashtirildi, ko‘cha va xonadonlar obodonlashtirildi. Tuman hokimi Sh.Qudratov tuman Xalq qabulxonasi mudiri T.Murtazayev bilan birgalikda qishloq ahliga bayramona kayfiyat ulashib, ichki yo‘llarga o‘zgarish kiritayotgan hashar jarayonini ko‘zdan kechirib, mas’ullarga muhim topshiriqlar berdi. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM