#bugun

Mahallalarda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda 

Bugun Oqdaryo tumani hokimi, Xalq qabulxonasi mudiri hamda Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i ishtirokida tumanning 1-sektor hududidagi Oqdaryo mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mahallaning biznes rejasi, tomorqa madaniyati, aholi daromadini oshirish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, migratsiya kabi masalalar mas’ullar ishtirokida muhokama etilib, zaruriy tavsiyalar berildi. Shuningdek, mazkur mahalladagi boquvchisini yo‘qotgan, sharoiti og‘ir va bugungi kunda ijtimoiy himoya reyestrida turgan oilaning ahvoli o‘rganilib, oilani qo‘llab-quvvatlash va shart-sharoitini yaxshilash borasida ko‘rsatiladigan yordamlar belgilab olindi. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati 
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM