#tayinlov

#tayinlov

 Oqdaryo tumani “Sug‘onchi” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi tayinlandi.

Abduraxmonov Mo‘min Toirovich Oqdaryo tumani hokimining tegishli qaroriga asosan Oqdaryo tumani “Sug‘onchi”  mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimiga tayinlandi.

M.Abduraxmonov 1990-yil Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tug‘ilgan. 2011-2015-yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tamomlagan. 

Ushbu tayinlovga qadar, Oqdaryo tumani “BIOPRESS SERVES” xususiy korxonasi bosh hisobchisi vazifasida faoliyat olib borgan.
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM