#tayinlov

Oqdaryo tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga rahbar tayinlandi

G‘aniyev G‘ayratjon G‘ilomiddinovich – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Oqdaryo tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘I lavozimiga tayinlandi.

G‘.G‘aniyev 1983-yil Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tug‘ilgan. 2002-2006-yillarda Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot fakultetini bakalavr, 2009-yilda magistratura bosqichini tamomlagan.
 
Ushbu tayinlovga qadar Samarqand davlat tibbiyot instituti Farmatsiya fakultetining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari  vazifasida faoliyat olib borgan.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM