28-maktabda ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazdi

28-maktabda ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazdi 

Bugun Oqdaryo tuman 1-sektor hududi “Bobur” mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan 28-umumta'lim maktabida ota-onalar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Unda maktabga biriktirilgan vakillar, mahalla mas’ullari hamda o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda farzand tarbiyasida maktab va ota-ona hamkorligi, bitiruvchilarning Oliy ta’limga qamrovini oshirish, ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, to‘garaklar faoliyatini jonlantirish borasida fikr va takliflar bildirildi. 

Muhokama davomida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Xususan, “maktab – ota-ona – mahalla” zanjiri asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM