Baynalmilal jangchi – faxriylar e’tiborda

Baynalmilal jangchi – faxriylar e’tiborda

Bugun Oqdaryo tumanida “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasi tashkil topganligining 30 yilligi hamda Cheklangan kontingent harbiy qismlarini Afg‘oniston hududidan olib chiqilganligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman mahallalar uyushmasi bo‘limi boshlig‘i, "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi hamda urush faxriylari ishtirok etishdi.

Tuman mahallalar uyushmasi bo‘limi boshlig‘i R.Husanov urush faxriylarini cheklangan qo‘shinlarning Afg‘oniston hududidan chiqarilganligiga 35 yil to‘lishi munosabati bilan qutlab, bugungi kunda urush faxriylariga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklarga to‘xtalib o‘tdi.

Dasturxon atrofida tashkil etilgan tadbir davomida so‘zga chiquvchilar tomonidan tinchlik oliy ne’mat, uni asrab-avaylash esa muqaddas burch ekanligi ta’kidlanib, tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.


 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM