Bozor hududida o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalar bartaraf etilmoqda

Bozor hududida o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalar bartaraf etilmoqda

Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov tegishli mas’ullar ishtirokida Oqdaryo dehqon bozori hamda buyum bozorida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida mas’ullarga muhim topshiriq va tavsiyalar berildi. Shuningdek, bozor hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan o‘zlariga tegishli do‘konlardan tashqarida o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni hamda xaridorlar uchun noqulay holatni yuzaga keltirib, do‘kondan tashqarida qo‘shimcha qurilmalar ostiga qo‘yib sotilayotgan oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni olish choralari ko‘rildi. Xaridorlarga qulaylik yaratish hamda bozor infrastukturasini yaxshilash borasidagi ishlar davom etmoqda.
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM