RASMIY MUNOSABAT: Loyish mahallasining ichki yo‘lari boqichma-bosqich ta’mirlanmoqda

RASMIY MUNOSABAT: Loyish mahallasining ichki yo‘lari boqichma-bosqich ta’mirlanmoqda

Joriy yilning 31-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqdagi “Oqdaryo ovozi” telegram kanalida “LOYISHDA “O‘GAY KO‘CHA” BORLIGINI BILASIZMI?” sarlavhasi ostida Oqdaryo tumani Loyish mahallasining To‘lak qishlog‘i ichki ko‘chalari xususan, Ibn Sino ko‘chasini ta’mirtalab ahvoldaligi, fuqarolar murojaat qilishsa-da mazkur ko‘cha e’tibordan chetda qolayotganligi xususida tanqidiy maqola e’lon qilindi.
Mazkur ichki yo‘llar Oqdaryo tuman Obodonlashtirish boqarmasi tasarrufida bo‘lib, boshqarma mas’ullarining ma’lum qilishicha, o‘tgan 2023-yil davomida Loyish mahallasining ichki yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha quyidagi ishlar bajarilgan:
1) Loyish ko‘chasini joriy ta’mirlash uchun 497,3 million so‘m mablag‘ ajratilib, 0,900 metr ichki yo‘li asfalt qilindi.
2) Oxunboboyev ko‘chasini joriy ta’mirlash uchun 216,5 million so‘m mablag‘ ajratilib, 0,400 metr ichki yo‘li asfalt qilindi. 
3) Lolazor ko‘chasini joriy ta’mirlash uchun 351,0 million so‘m mablag‘ ajratilib, 0,600 metr ichki yo‘li asfalt qilindi.

Xalqaro moliya institutlari ishtirokida 2023-2024 yillarda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida syement-beton yo‘llarni qurish ishlarining manzilli ro‘yxati bo‘yicha  Loyish MFYda uzunligi 1200 metr, eni 4 metrlik syement-beton yo‘llarni qurish rejalashtirilgan bo‘lib, dasturga kiritilgan mablag‘i kelsa 2024-yilda mahallaning yana 1200 metr yo‘li ta’mirlanadi. Xususan, Ibn Sino ko‘chasini ham navbatdagi dastur asosida ta’mirlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, asfaltlashtirish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-sentabrdagi selektor yigʻilishida yoʻllarni ta’mirlash faqatgina “Mening yo‘lim” loyihasi doirasida tashabbus ko‘rsatgan holda amalga oshirilishi ta’kidlab oʻtildi, Shunga koʻra, fuqarolar tomonidan “Mening yo‘lim” loyihasi doirasida tashabbus ko‘rsatgan holda yoʻllarni ta’mirlash ishlar amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM