Maktabda ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Maktabda ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tuman 1-sektor hududi Mustaqillik mahallasida joylashgan 47-IDUMda maktab o‘quvchilarining ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ota-onalar, o‘qituvchilar, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda tegishli tashkilot mas’ullaridan iborat keng jamoatchilik ishtirok etgan mazkur uchrashuvda tuman hokimi Sherzod Qudratov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 5-fevral kuni o‘tkazilgan “2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi”da berilgan topshiriqlar, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangiliklar hamda ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritdi.
Shuningdek, tadbirda so‘z olgan mahalliy hokimlik vakillari, ota-onalar, kuzatuv kengashi a’zolari, mahalla faollari, hududiy profilaktika inspektorlari o‘quvchilar davomati, odob-axloq qoidalariga rioya etish, kiyinish madaniyati, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, fan to‘garaklariga jalb etish, ijtimoiy tarmoqlar, internetdan unumli foydalanish, yoshlarni turli zararli oqimlarga aralashib qolishlarini oldini olish, telefondan foydalanish tartibiga rioya etish, farzand tarbiyasida ota-onaning burchi kabi masalalarda fikr-mulohazalar bildirishdi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM