Xotin-qizlar faollari bilan uchrasuvda muhim masalalar muhokama etildi

Xotin-qizlar faollari bilan uchrasuvda muhim masalalar muhokama etildi

Oqdaryo tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi va Xotin-qizlar faollarining ustuvor vazifalari borasida o‘tkazilgan uchrashuvda tuman hokimi Sh.Qudratov, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Y. O‘roqova, mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirok etdi. 2024-yil davomida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, mahallalarda oilaviy ajrimlar va ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning oldini olish, reproduktiv salomatlik borasida olib borilishi zarur bo‘lgan ishlar, oilalarda ijtimoiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarni oldini olish borasida mutasaddi tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi, hamda xotin-qizlar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, erta turmush va erta tug‘ruqqa yo‘l qo‘ymaslik bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM