Oila va xotin-qizlar masalalarida islohotlarni amalga oshirishda hamkorlikda faoliyat yuritish maqsadida "Memorandum" imzolandi

Oila va xotin-qizlar masalalarida islohotlarni amalga oshirishda hamkorlikda faoliyat yuritish maqsadida "Memorandum" imzolandi

Oqdaryo tumanida oila va xotin-qizlar bilan ishlashda davlat va nodavlat tashkilotlari uchun yaratilayotgan  keng imkoniyatlardan unumli foydalanish, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarning fuqarolik jamiyatiga tadbiq etishda hamkorlikda faoliyat yuritish borasida Oqdaryo tuman hokimligining Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda  Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi Oqdaryo tuman muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik doirasida tumanda aholi hamda xotin-qizlar, yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, xotin-qizlarning hunarmandchilik, tadbirkorlik faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, unumli ishlashlari hamda madaniy hordiq chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabi masalalar ko‘zda tutilgan.

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM