OQDARYODAGI MAHALLA MAS’ULLARI UCHUN O‘QUV-SEMINARI BO‘LIB O‘TMOQDA

OQDARYODAGI MAHALLA MAS’ULLARI UCHUN O‘QUV-SEMINARI BO‘LIB O‘TMOQDA

Ayni vaqtda Oqdaryo tumanidagi Pedagogika kollejida tumanning 1 va 2-sektoridagi mahalla yettiligi uchun o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarda tuman hokimi Sh.Qudratov ishtirok etib, Davlatimiz Rahbarining Mahallalar uyushmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi PF-209-sonli Farmoni hamda PQ-402-sonli qaroriga ko‘ra mahalla yettiligining faoliyati yuzasidan belgilab berilgan asosiy vazifalar haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, malakali trenerlar tomonidan ishtirokchilarga yettilik faoliyatini tashkil qilish bilan bog‘liq masalalar, jumladan, mahalla raislari faoliyati, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar yetakchilari faoliyati, oila va xotin-qizlar, ichki ishlar, ijtimoiy himoya, soliq, adliya hamda ma’naviyat va ma’rifat yo’nalishlaridagi mavzular bo‘yicha ma’ruzalar qilinmoqda.
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM