Tuman hokimi ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi

Tuman hokimi ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimligida tuman hokimi Sherzod Qudratov ishtirokida “2023-yil yakunlari, 2024-yildagi rejalar”mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etgan mazkur matbuot anjumanida  dastlab tuman hokimi tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan va joriy yilda rejalari, xususan, aholi daromadini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar, yangi investitsiya loyihalari haqida qisqacha axborot berib o‘tdi. 
Tadbirda ishtirok etgan jurnalist va blogerlar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM