Oqdaryo tumanida "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi binosi foydalanishga topshirildi

Oqdaryo tumanida "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi binosi foydalanishga topshirildi

Bugun Oqdaryo tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi vakillari,  tuman hokimi Sh.Qudratov, sektor rahbarlari, nuroniylar va tuman faollari ishtirokida tuman “Inson” Ijtimoiy xizmatlar markazining binosi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj vakillariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va ularning ijtimoiylashuvi yo‘nalishidagi islohotlarga alohida urg‘u berib o‘tildi. 

Zamonaviy jihozlangan, fuqarolar va xodimlar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ushbu binoda tumanda istiqomat qiluvchi 171 100 nafar aholiga xizmat ko‘rsatiladi. Tumanda 2024-yilning 1-fevral holatiga ko‘ra nogironligi bo‘lgan shaxslar soni 4206 nafarni tashkil etib, shulardan 879 nafari 18 yoshgacha va 3 327 nafari 18 yoshdan katta bo‘lgan shaxslardir.

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM