Tuman ishchi guruhi navbatdagi mahallalarni o‘rgandi

Tuman ishchi guruhi navbatdagi mahallalarni o‘rgandi 

Bugun Oqdaryo tuman mahallalar uyushmasi bo‘limi boshlig‘i Rustam Husanov, qishloq xo‘jaligi mas’ullari, mahalla faollari va tegishli xodimlardan iborat ishchi guruh kunning ikkinchi yarmida 1-sektor hududida Yangiobod mahallasi, 3-sektor hududida Yangiqishloq va Oytamg‘ali mahallasi, 4-sektor hududida Primkent mahallasining obodonlashtirish holati, fermer xo‘jaliklarining dala madaniyati, ariq va zovurlarni holati yuzasidan o‘rganish olib borishdi. 
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish,  borasida mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. 

 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM