Oqdaryodagi 35 ta mahallaga prezident sovg‘alari topshirildi

Oqdaryodagi 35 ta mahallaga prezident sovg‘alari topshirildi

Bugun mahalla yoshlari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o‘tkaziladigan musobaqalar uchun mahalla yoshlar yetakchilariga sport anjomlaridan iborat "Prezident sovg‘alari"ni  topshirish marosimi o‘tkazildi.

Sovg‘alar Sport vazirligi tomonidan berilib ularni Oqdaryo tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig'i M.Musayev topshirdi hamda musobaqalarning bu yilgi mavsumida ham haqiqiy iqtidor egalari mahalladan kashf etilishini ta‘kidladi.

Shundan so‘ng, har bir mahalla yetakchisiga 4 tadan gimnastika gardishi va 6 donadan turli sport turlari uchun to‘plar berildi.

Oqdaryo tumani Yoshlar ishlari bo‘limi jamoasi bu yilgi mavsum o‘yinlarida ham barcha yoshlarga omad tilaydi!
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM