Tadbirkorlar uchun seminar o'tkazildi

Tadbirkorlar uchun seminar o'tkazildi

Biznes ombudsmanning Samarqand viloyati sho`basi  va Samarqand viloyat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan Prezidentning “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-8-sonli Farmoni va bir qator qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlarga yetkazish maqsadida Oqdaryo tumanida o‘quv-seminari tashkil qilindi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan 2024-yil 1-martdan boshlab 16 ta litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinayotganligi, jumladan,7 turdagi ruxsat beruvchi hujjatlar, 6 turdagi ruxsat beruvchi hujjat birlashtirish yo‘li bilan, 3 ta litsenziya va ruxsatnoma xabarnoma tartibiga o‘tkazilish orqali bekor qilinishi taʼkidlanib, buning natijasida tadbirkorlarning 26 mlrd. so‘m mablag‘lari tejalib qolinayotganligi,  2024-yil 1-fevraldan boshlab Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy qilinayotganligio‘haqida ma'lumot berildi.

Shuningdek, seminar davomida tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar bo‘yicha savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM