ELEKTR TA’MINOTI YANADA YAXSHILANADI

ELEKTR TA’MINOTI YANADA YAXSHILANADI

Avval xabar berilganidek, hududlarda iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash borasida amaliy ishlar davom etmoqda.
Ayni kunlarda ham Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan qo‘shimcha transformator punktlari o‘rnatish, eski simyog‘ochlarni yangi beton ustunlarga almashtirish hamda havo elektr uzatish tarmoqlariga yopiq tipdagi SIP kabellari tortish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Oqdaryo tumanidagi Loyish, Oqdaryo, Boshdarxon va Bobur mahallalarida 4 dona transformator punkti, 195 ta beton ustun o‘rnatish hamda 12, 66 km. uzunlikda tarmoq tortish ishlari bajarilmoqda.
Suratlarda: tuman elektr ta’minoti ishchi-xodimlari tomonidan Amir Temur mahallasida SIP-4 kabel tarmog‘i tortish ishlari bajarilmoqda.

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM