Voleybol bo‘yicha Samarqand viloyati birinchiligi musobaqasi o‘tkazilmoqda

Voleybol bo‘yicha Samarqand viloyati birinchiligi musobaqasi o‘tkazilmoqda

Bugun Oqdaryo tumani Sport maktabida 2009-2010-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha Samarqand viloyati birinchiligi musobaqasi o‘tkazilmoqda. Viloyatimizning barcha tumanlari jamoalari ishtirok etayotgan mazkur musobaqaning ochilish marosimida tuman hokimi Sherzod Qudratov va tuman Xalq qabulxonasi mudiri Temur Murtazayevlar ishtirok etib, jamoalarga omad tilashdi.
Ayni paytda jamoalar o‘rtasida musobaqa davom etmoqda.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM