Mahallalarda ariq zovurlarni tozalash ishlari qizg‘in olib borilmoqda

Mahallalarda ariq zovurlarni tozalash ishlari qizg‘in olib borilmoqda

Ayni kunlarda ob-havoning qulayligidan foydalangan holda Oqdaryo tumanining barcha mahallalarida obodonlashtirish hamda ichki ariq va zovurlarni tozalash, qazish va betonlashtirish ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Xususan, bugungi tadbir davomida mahallalarda aholi uyushqoqlik bilan harakat qilishib, o‘zlari yashab turgan hududdagi ariqlarni qazish, atrofini has-xashaklardan tozalash, qazib olingan tuproq va chiqindilarni bartaraf etish ishlarini amalga oshirishdi. 
Shu kabi obodonlashtirish tadbirlari ertaga ham hududlarda davom etadi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM