NAVBATDAGI SAYYOR QABUL KUMUSHKENT MAHALLASIDA O‘TKAZILDI

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL KUMUSHKENT MAHALLASIDA O‘TKAZILDI

Bugun Oqdaryo tuman 1-sektor hududidagi Kumushkent mahallasida tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov Xalq qabulxonasi mudiri Alisher Igamberdiyev bilan birgalikda Kumushkent mahallasi fuqarolarining murojaatlarini qabul qildi. 
Qabulda ichki yo‘l masalasi, kredit ajratish, suyultirilgan tabiiy gaz ballonlarni o‘z vaqtida almashtirish, elektr ta’minotini yaxshilash, nogironlik aravachasi bilan ta’minlash singari masalalar yuzasidan  qilingan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot mas’ullari ishtirokida qonun doirasida tushuntirishlar berildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga biriktirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM