UZUNQISHLOQDA OMMAVIY SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

UZUNQISHLOQDA OMMAVIY SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

 Bugun Oqdaryo tuman 4-sektor hududi Uzunqishloq mahallasida joylashgan 46-maktab binosida Oqdaryo tumani aholisi uchun Xalq qabulxonasi mudiri hamda Oqdaryo tuman sektor rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
Sayyor qabulda 30 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari eshitilib, ularni hal etish choralari ko‘rildi. Xususan fuqarolarning tibbiy yordam, elektr ta’minoti, ta’lim kontrakt to‘lovida yordam ko‘rsatish, yo‘l ta’miri kabi masalalari bilan bog‘liq murojaatlari ijrosi yuzasidan tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi va fuqarolarga tushuntirishlar berildi..

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM