Endi Samarqanddagi ikkita hududdan tashqari barcha DXMlardan “Qizil pasport” olish mumkin

Endi Samarqanddagi ikkita hududdan tashqari barcha DXMlardan “Qizil pasport” olish mumkin 

Ma’lumki, 2022-yilning 1-yanvaridan boshlab xorijga chiqish biometrik pasportini Davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yilgan edi. Hozirga qadar mazkur xizmat faqat Samarqand shahar hamda Pastdarg‘om tuman Davlat xizmatlari markazlarida mavjud edi. 

Fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishlarida yanada qulaylik yaratish maqsadida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyatning Qo‘shrabot tumani va Kattaqo‘rg‘on shahridagi markazlardan tashqari, barcha tumanlardagi Davlat xizmatlari markazlarida xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish xizmati ishga tushdi. 

Endilikda fuqarolar nafaqat IIB bo‘limlarida, balki yuqorida qayd etilgan ikki hududdan tashqari istalgan markazga jumladan, Oqdaryo tuman Davlat xizmatlari markaziga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilib, ushbu qulaylikdan foydalanishlari mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, Qo‘shrabot tumani va Kattaqo‘rg‘on shahar DXMda mazkur xizmat mavjud emas

 

Oqdaryo tuman Davlat xizmatlari markazi

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM