ZAMONAVIY TEXNIKALAR XARID QILINDI

ZAMONAVIY TEXNIKALAR XARID QILINDI

Bugun Avtomobil yo'llari qo'mitasi tomonidan “Oqdaryo tuman yo‘llardan foydalanish” korxonasiga korxonaning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash hamda tuman hududida sement-beton qoplamali avtomobil yo‘llarini qurish sifatini oshirish maqsadida Xitoyda ishlab chiqarilgan 3-dona "SINOTRUK SITRAK" rusumli, yangi zamonaviy tayyor beton tashish avtotransportlari—yo‘l sozlovchi maxsus mashinalari xarid qilinib, foydalanishga topshirildi. 
  
Yo‘lsozlar jamoasiga mazkur texnikani topshirish marosimida tuman hokimi Sherzod Qudratov ishtirok etdi.

Endilikda markaziy ko‘chalar, mahalla va qishloqlarimiz yo‘llarini ravon, odamlar uzog‘ini yaqin qilishda, eng muhimi yo‘lsozlarning mashaqqatli mehnatlarini yengillatishda bu texnikalarning xizmati beqiyos bo‘ladi.

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM