MAKTABLAR PSIXOLOGLARIGA O'QUV-SEMINAR O'TKAZILDI

MAKTABLAR PSIXOLOGLARIGA O'QUV-SEMINAR O'TKAZILDI

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri rahbarligida joriy yilning 3-yanvar kuni “Vazir soati” yigʻilishida umumtaʼlim muassasalari psixologlarining kasbiy mahoratlarini oshirishga qaratilgan oʻquvlar tashkil etish topshirig'iga asosan,  joriy yilning 6-yanvar kuni tumandagi 45-IDUMda Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan “Jinsiy zoʻravonlik turlari va ularning oldini olish” mavzusida  soha mutaxassislarining bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan oʻquv seminari oʻtkazildi. Ushbu seminarda tumandagi 56 ta umumtaʼlim muassasalarining 73 nafar psixologlariga tushuntirish ishlari olib borilib, seminar ishlanmalari asosida
psixologlar uchun oʻquv oʻtkazildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM