Sug‘onchi mahallasida obodonlashtirish targ‘iboti olib borildi

Sug‘onchi mahallasida obodonlashtirish targ‘iboti olib borildi

Bugun Oqdaryo tuman 3-sektor hududidagi Sug‘onchi mahallasida tuman hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Yulduz O‘roqova, Sug‘onchi mahalla xotin-qizlar faoli Go‘zal Shodiyeva, faol onaxonlar hamda patronaj hamshiralari ishtirokida “Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon” tamoyili asosida xonadonlarda obodonlashtirish ishlarini olib borish yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Mahallaning Katta Sug‘onchi qishlog‘ida nuroniy onaxonlar, ko‘chaboshilar ishtirokida o‘tkazilgan mazkur tadbirda namunali xonadonlar misolida obodonlashtirish ishlarini qay tartibda amalga oshirish, xonadon gigiyenasi hamda sog‘lom ovqatlanish meyorlari targ‘ib qilinib, fuqarolarga muhim tavsiyalar berildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM