NAVBATDAGI SAYYOR QABUL SUG‘ONCHI MAHALLASIDA O‘TKAZILDI

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL SUG‘ONCHI MAHALLASIDA O‘TKAZILDI

Bugun Oqdaryo tumanining 3-sektor hududidagi Sug‘onchi mahallasida tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabulda Xalq qabulxonasi mudiri A.Igamberdiyev, hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etishdi. Sayyor qabulda fuqarolarning har bir murojaati alohida nazoratga olinib, ularni hal etish choralari ko‘rildi. Xususan fuqarolarning tibbiy yordam, elektr ta’minoti, ta’lim kontrakt to‘lovida yordam ko‘rsatish, yo‘l ta’miri kabi masalalari bilan bog‘liq murojaatlari ijrosi yuzasidan tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi va fuqarolarga tushuntirishlar berildi. Suningdek, tadbirda mahalla profilaktika inspektori tomonidan fuqarolar bilan mahallada jinoyatchilikni oldini olish borasida targ‘ibot o‘tkazildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM