Yangiobod mahallasida "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Yangiobod mahallasida "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholining kayfiyatini ko‘tarish va daxldorligini oshirish maqsadida bugun Oqdaryo tumani 1-sektor hududi Yangiobod mahallasida "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirga tuman hokimi o‘rinbosari Ch.Ortiqova, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oqdaryo tuman boʻlinmasi rahbari D.Yusupova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bosh mutaxassisi A.Nasimov, Loyish jome masjidi imom xatibi, madaniyat xodimlari, “Yangiobod” MFY beshligi va mahalla faollaridan iborat keng jamoatchilik ishtirok etishdi.
Tadbir davomida turli ko‘ngilochar madaniy chiqishlar bo‘lib o‘tdi.

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM