Navbatdagi sayyor qabul “Navro‘z” MFY aholisi uchun o‘tkazildi

Navbatdagi sayyor qabul “Navro‘z” MFY aholisi uchun o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sh.Qudratov, Xalq qabulxonasi mudiri A.Igamberdiyev hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida “Navro‘z” MFY hududida joylashgan 45-IDUMda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazib, aholini qiynab kelayotgan muammolarini tinglashdi.

Qabul davomida  murojaatlar xususan, elektr energiya, ichimlik suvi, yo‘l ta’miri, moddiy yordam olish va shu kabi masalalar kelib tushdi.

Bildirilgan aholi muammolari yuzasidan mas’ullar biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, qabul davomida sport va boshqa sohalarda yutuqlarga erishib kelayotgan bir guruh mahalla yoshlariga hokim tomonidan badiiy adabiyotlar to‘plami sovg‘a qilindi.

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM