RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Joriy yilning 28-noyabr kuni “Oqdaryo ovozi” gazetasida e’lon qilingan “AHOLI NEGA NOROZI BO‘LMOQDA?!” sarlavhasi ostidagi maqolada Oqdaryo tumani markazi Loyish shaharchasida qurilgan ko‘p qavatli uy-joylarning foydalanishga topshirilishidan so‘ng ko‘plab muammolar yuzaga kelgani, ushbu uylardan chiqadigan oqava suvlar Mustaqillik mahallasi Qangli qishlog‘idan o‘tuvchi Yangiobod arig‘iga oqiza boshlangani, badbo‘y hiddan Mehnat, Oybek, Ulug‘bek ko‘chalarida istiqomat qilayotgan aholi qattiq aziyat chekayotgani haqida so‘z yuritilgan.
Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Mustaqillik mahallasi Mehnat ko‘chasidagi 10 ta ko‘p qavatli uy-joylarning oqova suv tizimidagi nosozliklar Oqdaryo tuman hokimligi o‘rganish olib borildi va tizimni yaxshilash maqsadida manzilli ro‘yxat shakllantirildi. Ushbu shakllantirilgan manzilli ro‘yxatga asosan 2024-yilning 1-choragida qurilish ta’mirlash ishlari olib boriladi va mavjud muammolar to‘liq bartaraf etiladi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM