#ayni_paytda

Juma - fuqarolar qabuli kuni

Ayni paytda Xalq qabulxonasi binosida Xalq qabulxonasi mudiri A.Igamberdiyev, Oqdaryo tumani hokimining o‘rinbosarlari Y.O‘roqova, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova hamda tegishli mas'ullar ishtirokida haftaning har juma kuni doimiy tarzda o‘tkazib kelinayotgan tuman hokimining navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tmoqda. Qabulda fuqarolarning muammoli masalalari, jumladan tibbiy ko'rik, kredit olish, moddiy yordam, gaz balon, yo'l ta'miri, elektr energiyasi bilan bog‘liq murojaatlari qabul qilinmoqda. Murojaatlarning bir qismiga shu yerning o'zida huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, vaqt talab etiladigan masalalar bo‘yicha joyida o‘rganish yuzasidan tegishli mutasaddi rahbarlarga aniq ko'rsatmalar berilmoqda. 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM