ARZONLASHTIRILGAN SAVDO YARMARKASI XALQ XIZMATIDA

ARZONLASHTIRILGAN SAVDO YARMARKASI XALQ XIZMATIDA

Barchamiz orziqib kutgan yangi yil bayrami toboro yaqinlashmoqda. Bayram arafasida mahsulotlar to‘kinligi, narx-navoni arzonligini ta’minlash maqsadida tuman hokimligining tashabbusi bilan Oqdaryo dehqon bozorida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi. 

Tuman hokimligi, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman bo‘limi, tuman soliq inspeksiyasi tomonidan savdo yarmarkasidagi narx-navoning barqarorligi ta’minlanmoqda. Xususan, yarmarkada 1 kilogramm mol go‘shti 70 ming so‘mdan sotilmoqda.

Tumanimiz ahli bayram dasturxoni uchun arzonlashtirilgan savdo rastalaridan mahsulotlarni qulay narxlarda xarid qilishlari mumkin.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM