Yangi yil yarmarkasi doimiy e’tiborda

Yangi yil yarmarkasi doimiy e’tiborda 

Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov, tuman sektor rahbarlari va tegishli mas’ullar ishtirolida Yangi yil bayrami munosabati bilan Oqdaryo dehqon bozorida tashkil etilgan  arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi faoliyati hamda bozorda sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya etilishi  bo‘yicha o‘rganish olib bordi.
O‘rganishlar jarayonida tuman hokimi sotuvchilar va tadbirkorlar bilan muloqotda bo‘lib, savdo jarayonlarida sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan tuman mas’ullariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM