NAVBATDAGI SAYYOR QABUL YANGIQO‘RGʻON MAHALLASIDA O‘TKAZILDI

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL YANGIQO‘RGʻON MAHALLASIDA O‘TKAZILDI

Bugun Oqdaryo tumanining 3-sektor hududidagi "Obod mahalla - obod ko‘cha - obod xonadon" mezonlari asosida tadbirlar olib borilayotgan Yangiqo‘rg‘on mahallasida tuman hokimi Sherzod Qudratovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabulda Xalq qabulxonasi mudiri A.Igamberdiyev, Respublika ishchi guruhi a’zosi T.O‘rinov hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etishdi. Sayyor qabulda fuqarolarning har bir murojaati alohida nazoratga olinib, ularni hal etish choralari ko‘rildi. Xususan fuqarolarning tibbiy yordam, elektr ta’minoti, ta’lim kontrakt to‘lovida yordam ko‘rsatish, yo‘l ta’miri kabi masalalari bilan bog‘liq murojaatlari ijrosi yuzasidan tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi va fuqarolarga tushuntirishlar berildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM