#jarayon_bugun

#jarayon_bugun 

Haftaning chorshanba kuni Oqdaryo tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalarini o‘rganish kuni etib belgilangan. Shu munosabat bilan bugun tuman hokimi Sherzod Qudratov qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari ishtirokida maxsus avtobus orqali tumanimiz hududidan o‘tuvchi M-37 magistral yo‘li bo‘ylab fermer xo‘jaliklari dala chetlarini obodonlashtirish hamda sug‘orish ariqlarining holati bo‘yicha o‘rganish olib bordi.
O‘rganish davomida tuman rahbari aholi xonadonlarini, dala chetlarini obodonlashtirish, yo‘l atrofidagi bo‘sh yerlarga ishlov berish, sug‘orish ariqlarini tozalash, qazish va betonlashtirish borasida mas’ullarga muhim topshiriq va tavsiyalar berdi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM