#hozir

Ta'lim muassasalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar muhokama etilmoqda 

Ayni paytda Oqdaryo tuman hokimligida tuman hokimi Sherzod Qudratov hamda umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari, yoshlar yetakchilari ishtirokida muhokama o‘tkazilmoqda. Unda viloyat va tuman ishchi guruhi tomonidan ta'lim muassasalarining faoliyati, obodonlashtirish holati yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchilik va muammolar muhokama etilib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga qat’iy ogohlantirishlar berilmoqda. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish borasida tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi rahbariyati va mas’ullarga muhim topshiriqlar berilmoqda.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati 
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM