30-umumta’lim maktabida kasb-hunar va til o‘rgatish to‘garaklari joriy etildi

30-umumta’lim maktabida kasb-hunar va til o‘rgatish to‘garaklari joriy etildi

Tumanimizdagi 32-maktab tajribasi yana 10 ta maktabda joriy etilishi, ya’ni kasb-hunar va til o‘rgatish to‘garaklari yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergan edik. 
Bugun Pichoqchi mahallasida joylashgan 30-umumta’lim maktabida til o‘rgatish, tikuvchilik, durodgorlik, qandolatchilik va ko‘rpa tikish to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi munosabati bilan to‘garaklarni ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov, mahalla faollari va ota-onalardan iborat keng jamoatchilik ishtirok etib, to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Mazkur til o‘rgatish va kasb-hunar o‘rgatish to‘garaklariga hozirda maktabdagi 75 nafar o‘quvchi-yoshlar jalb qilingan. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM