Oqdaryoda 60 o‘rinli zamonaviy bog‘cha binosi foydalanishga topshirildi

Oqdaryoda 60 o‘rinli zamonaviy bog‘cha binosi foydalanishga topshirildi

 Turon mahallasida qurilgan 1-maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi va zamonaviy qiyofada foydalanishga topshirilganligi mahallada istiqomat qiluvchi aholiga bayramona sovg‘a bo‘ldi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti eski binosining sharoiti qoniqarsiz va past quvvatda ishlayotganligi sababli “Open budjet” loyihasi asosida 1,3 mlrd so‘m mablag‘ evaziga  yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.
Binoning ochilish marosimida ishtirok etgan tuman hokimi Sherzod Qudratov bugungi quvonchli kun bilan mahalla ahlini qutlab, yurtimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritdi. 
Alvon lenta kesilgach,  maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari, nuroniylar, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari binoda bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishd
i.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM