#Oqdaryoda_jarayon #obod_mahalla_Yangiqo‘rg‘on

Yangiqo‘rg‘on mahallasida o‘tkaziladigan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda 

Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov Yangiqo‘rg‘on mahallasida tashkilot rahbarlari hamda tegishli mas’ullar bilan uchrashib, "Obod mahalla - obod ko‘cha - obod xonadon" mezonlari asosida hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab, Yangiqo‘rg‘on mahallasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish borasida topshiriq va tavsiyalar berdi. Shuningdek, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan yangi mahalla binosi hududini obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirib, mas’ullarga topshiriqlar berdi.

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM