“Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida Oqdaryo tuman hududida amalga oshirilgan ishlar haqida MA’LUMOT

“Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida Oqdaryo tuman  hududida amalga oshirilgan ishlar haqida

MA’LUMOT

 

Hammamizga yaxshi ma’lumki, yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining qulay tabiiy muhitga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish masalalariga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31may kungi 81-sonli Farmonida belgilab berilgan respublikaning yashillik darajasini oshirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tadbirlarni tashkillashtirish, «Yashil makon» umummilliy loyihasini samarali amalga oshirish hamda o‘rmonchilik va o‘rmon ko‘chatchiligini rivojlantirishda quyidagicha tubdan yangi tizimni joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi daraxt ko‘chatlarini ekish, sug‘orish, parvarish qilish, «yashil bog‘lar», «yashil jamoat parklari», «yashil qalqon» va «yashil qoplama» himoya o‘rmonzorlarini tashkil etish hamda, yurtboshimiz tomonmdan joriy yilning 11-oktabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida “Yashil makon” ummumilliy loyihasi doirasida o‘tgan ikki yil davomida yurtimizda 1 ming 200 gektardan ortiq yashil bog‘ va jamoat parklari, 1 milion gektardan ziyod yashil xudud qoplamalar barpo etildi deb takidlab o‘tdi. Yurtboshimiz aytganidek endi 25 oktabrdan 1-dekabrgacha “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilingan tumanimizda ushbu loyiha doirasida kuz mavsumida 411 ming dona xar xil turdagi mevali manzarali ko‘chatlar ekilishi rejalashtirilgan.

“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, maqsadida ya’ni ushbu tashabbusni Oqdaryo tumanidagi har bir mahallada, har bir xonadonda, har bir tashkilotda keng quloch yoyishi uchun bor imkoniyatlarni ishga solganmiz.

Oqdaryo tuman davlat O‘rmon xo‘jaligi tomonidan 372 ming tup xar xil turdagi manzarali daraxt ko‘chatlari xamda 205 ming tup terak kalamchalari zaxirasi hamda tumanimiz tadbirkorlari va maxallalardagi uzlarini  ish bilan band qilgan fuqarolar tomonidan 200 minga yaqin xar xil turdagi manzarali va mevali kuchatlarning zaxirasi yaratilgan. 

Tumanda “Xokimlik bog‘i”, “Prokuror bog‘i”, “Ichki ishlar bog‘i”, “Soliqchilar bog‘i”, “Onalar bog‘i”lari tashkil qilingan, “Yashil belbog‘”, “Yashil jamoat park” lariga kuchatlar ekilish  rejalashtirilgan xozirgi kunda ishlar tashkil qilinib kuchat ekishga tayyorlanmoqda, Jumladan tumanda mavjud tashkilotlarga xam kuchat ekib bog‘ yaratish uchun joylar ajratilgan.

Shuningdek, tumanning Yangiqorg‘on, Paxtaobod hamda Mustaqillik mahallasi hududlarida 1 gektardan ortiq yer maydoniga “yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari” tashkil etildi.

Tumanimiz iqlimiga mos, kam suv talab qiladigan ko‘chatlar tanlab olingan hamda ularni yetarli miqdorda yetishtirish uchun ko‘chatxonalar tashkil qilingan.

2023 yil noyabr-dekabr oylarida tumanimizda 411 ming dona mevali va manzarali ko‘chatlarini o‘tqazish ishlarini amalga oshirish belgilab berilgan bo‘lib, hozirgi kungacha ekish ishlari 99 700 dona 24.2 foizga bajarilgan xolos.

Shunga qaramasdan Oqdaryo tumanidagi ayrim korxona va tashkilotlar tomonidan kuzgi ko‘chat ekish mavsumida o‘zlariga reja qilib berilgan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishga mas’uliyatsiz qarab kelinmoqda.

Kuzgi masumda ekilgan ko‘chatlarni o‘z vaqtida sug‘orish ishlarini amalga oshirish, qurib qolmasligi, chorva mollari tomonidan payxon qilinishini oldini olish maqsadida tuman ekologiya bo‘limi hodimlari tomonidan bir necha marotaba fuqarolarga tushuntirish ishlari, targ‘ibot olib borilsada, shunaqa holatlar ayrim hollarda uchrab turibdi.

Ushbu holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun xar birimiz o‘z uyimizda, jamoat joylarida, o‘quv maskanlarida tushuntirish ishlarini olib borishni, bugungi kunda ekilayotgan yosh nihollarni parvarish qilgan holda kelajak avlod uchun yetkazib berishda o‘z hissamizni qo‘shishimiz shart deb o‘ylayman.

Tumanimizda ekilayotgan ko‘chatlarni qanchalik mashaqqatli mehnatlar evaziga amalga oshirilayotganligini mehnat qilib bog‘ yaratayotgan kishigina biladi. Shunday ekan barchamiz birlashgan holda “Yaxshidan bog‘ qoladi” shiori ostida birgalikda harakat qilishimiz zarur.

Ekilgan ko‘chatlar tuman hokimligida tashkil etilgan shtab orqali kunlik Ekoyashilmakon.uz platformasiga kiritib borilmoqda.

 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM