#hozir

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida tuzilgan shtab mas’ullari bilan navbatdagi xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazilmoqda

Ayni paytda Oqdaryo tuman hokimligida “Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida tuzilgan shtab mas’ullari, soliq inspeksiyasi xodimlari, mahalla raislari va hokim yordamchilari saf tortishdi. Mas’ullarga shtab rahbari tuman hokimi Sh.Qudratov hamda tuman sektor rahbarlari ishtirokida xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazilib, ijtimoiy soha obektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatilishi xususan, elektr, gaz va suv ta’minoti, hududlarning obodonlashtirish holatiniyaxshilash, aholini ko‘mir yoqilg‘isi bilan ta’minlash ishlarini olib borilishi yuzasidan muhim topshiriqlar berilmoqda. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM